» » Roberto Manchini Italiya terma jamoasida Marchello Lippining rekordini takrorladi

Roberto Manchini Italiya terma jamoasida Marchello Lippining rekordini takrorladi


Futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasi Millatlar Ligasi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Niderlandiyani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Roberto Manchini uchun bu Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida 21-o‘yin bo‘ldi. Mutaxassis 2018-yildan beri jamoani boshqarib keladi va shu vaqt mobaynida atigi ikkita o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Bu esa unga 2004—2006-yillarda Marchello Lippi tomonidan qayd etilgan natijani takrorlashga imkon berdi. Ta’kidlash joiz, o‘shanda Lippi 2006-yilgi mundialda g‘olib bo‘lgandi.

Qayd etilishicha, faqatgina 1966—1974-yillarda terma jamoani boshqargan Fulvio Valkareji Lippi va Manchinidan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. Italiya uning boshqaruvida 1968-yilgi Yevropa chempionatida g‘olib bo‘lgan va 1970-yilgi Jahon kubogida kumush medallarga ega chiqqan.

Ushbu g‘alabadan keyin italiyaliklar 4 ochko jamg‘argan holda A Liganing 1-guruhida peshqadamlik qilmoqda. Niderlandiya esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют