» » Gollivud aktrisalari ko‘zlarni kattalashtirish uchun foydalanadigan makiyajdagi layfxaklar

Gollivud aktrisalari ko‘zlarni kattalashtirish uchun foydalanadigan makiyajdagi layfxaklar


Supermodel Karli Kloss, aktrisa Jennifer Lourens va Rene Zellveger singari yulduzlarni tabiat mukammallik bilan siylagan deb o‘ylaganlar yanglishadi. Siz qiyofasiga havas qiladigan mashhurlar plastik operatsiya qildirgan yoki makiyajdagi ayyorona usullar bilan chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Vizajist Alina Lapina ko‘zi kichik Gollivud yulduzlari nigohi teran bo‘lishi uchun foydalanadigan makiyaj usullari bilan bo‘lishadi.

Praymerdan foydalaning

Qovoqlarga ten surtishdan avval, praymer surtishni yodingizdan ko‘tarmang. Qovoq terisi tez yog‘lanishi va namlanishini hisobga olgan holda surtilgan bo‘yoqni uzoq vaqt davomida turishi va chaplanib ketmasligi uchun ham praymer zarur hisoblanadi.

Smoky eyes sxemasidan foydalaning

Klassik bo‘yanish sxemasiga asosan tashqi qovoqning chetki burchagini to‘qroq qilib bo‘yash o‘rniga, smoky eyes sxemasidan foydalaning ya’ni qovoqqa bir tekisda ten surtib ko‘zning konturiga urg‘u bering.

Pastki qovoqlarni ham yoddan chiqarmang

Sevimli ten bo‘yog‘ingizni olib pastki qovoqlarni bo‘yang. Bunda ehtiyotkorlik bilan kiprik chizig‘i bo‘ylab urg‘u bering. Bu orqali ko‘zingiz kattaroq va chiroyli ko‘rinadi.

Tenni to‘g‘ri tanlang.

Sadaf rangli bo‘yoq qovoqni osilgan qilib ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun teri va ko‘zingiz rangi, yuz shaklingizdan kelib chiqib individual yondoshing.

Tush surtishni unutmang

Ko‘zlar katta va nigohlar o‘ziga xos bo‘lishi uchun tepa va pastki kipriklarga tush surtishni unutmang. Ten va tushning to‘g‘ri tanlanishi ko‘zni aslidan katta qilib ko‘rsatishi mumkin.

Podvodkani ehtiyotkorlik bilan chizing|

Tush va tendan foydalanganda podvodka surtmasa ham bo‘ladi, lekin siz juda ham xohlayotgan bo‘lsangiz unda ingichka va tartibli qilib surting va strelkani ko‘z chizig‘i tugagan joyda to‘xtatmang.

Qoshga shakl bering

Qosh shakli to‘g‘ri tanlansa, kichik ko‘zlarga ham urg‘u berishi va osilgan qovoqni ko‘tarilgandek ko‘rsatishi mumkin. Qoshni to‘g‘ri, qalin qilib chizib olmang. Tabiiy shaklidan kelib chiqib tartibga keltiring.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют