» » Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida faoliyat yuritgan Ibragim Urinbayev 74 yoshida vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida faoliyat yuritgan Ibragim Urinbayev 74 yoshida vafot etdi


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi direktori Ibragim Urinbayev 74 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Ma’lumot uchun, Ibragim Urinbayev 1946-yil 11-dekabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1970-yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya stansiyasi vrach-epidemiologi sifatida boshlab, qator tizim muassasalarida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi butun mehnat faoliyatini tibbiyot sohasiga baxsh etgan fidoyi shifokor, tashkilotchi rahbar Urinbayev Ibragim Zayliyevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik 8-sentabrda bergan ma’lumotiga ko‘ra, Uchtepa tumanida yashagan 74 yoshli I.U. vafot etganini ma’lum qildi. Shunga asosan, Ibragim Urinbayev koronavirus asoratidan vafot etgani tasdiqlandi.

Mavzuga dori:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют