» » Mirishkor tumani hokimi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi

Mirishkor tumani hokimi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi


Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev 8-sentabr kuni vafot etdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar qildi.

Hokimning vafoti Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan, vazirlikning aniqlik kiritishicha, marhumda ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir yurak va nafas yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi qayd etilgan.

O‘zAning xabar berishicha, tuman hokimida koronavirus aniqlangan va davolanishda bo‘lgan.

G‘ayrat Begaliyev 2020-yil 4-martdan beri Mirishkor tumani hokimi lavozimida ishlayotgan edi. U Mirishkor tumani hokimligiga kelgunga qadar ko‘p yillar davomida Qarshi tumani hokimi bo‘lgan.

Bu “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusning 371-qurboni hisoblanadi.

Shuningdek, Mirishkor tumani hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 6-sentabr kuni Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Rahmonov vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют