» » Idish yuvadigan gubkadan foydalanish bo‘yicha 9 ta layfxak

Idish yuvadigan gubkadan foydalanish bo‘yicha 9 ta layfxak


Idish yuvishdan tashqari gubkani boshqa vaziyatlarda ham ishlatish va samarali natijaga erishish mumkin. “Domashniy ochag” kundalik turmushda qo‘llasa bo‘ladigan layfxaklar bilan bo‘lishadi.

Lak o‘chirishda foydalaning

Ba’zi tirnoq bo‘yoqlarini oddiy paxta bilan o‘chirish qiyin bo‘ladi. Bunda idish yuvadigan gubka yordam bera olishi mumkin. Buning uchun gubkani o‘rtasidan bo‘ling va naycha shaklida kesib chiqib, toza bankaga joylang. Gubkaga atseton tomizing va lakni o‘chirishda foydalaning.

Efir yog‘i tomizing

Idish yuvadigan gubkadan xushbo‘y ifor taralishi uchun unga yalpiz, limonli efir yog‘ini tomizib qo‘ying. Efir yog‘i nafaqat xushbo‘y ifor taratadi, balki bakteriyalarni ham o‘ldiradi.

Mikroto‘lqinli pechni tozalang

Mikroto‘lqinli pechning ichki qismini tozalash uchun idish yuvadigan gubkani namlab pech ichiga qo‘ying va 3-5 daqiqaga yoqing. Gubkadan chiqqan bug‘ qotib qolgan yog‘ va sachragan ovqat qoldiqlarini yumshatadi. Keyin artish va tozalash oson bo‘ladi.

Gubkaga yelim quying

Ushbu layfxak onalar, tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun ayni muddao. Qandaydir loyiha uchun yelimdan foydalanishga to‘g‘ri kelsa, idishga gubka soling va ustidan yelim quyib ustini yoping. Bolalar yelimdan foydalanishga qiynalmaydi va parta yoki stollarga yelim to‘kilishining ham oldi olinadi.

Muzlatib qo‘ying

Gubkani mevalar aynib qolmasligi uchun ham ishlatsa bo‘ladi. Buning uchun uni sovuq suvga namlang va yopiladigan plastik paketga solib kechasi muzlatkichda qoldiring.

Tozalashda foydalaning

Yog‘ va chirk bo‘lgan yerlar yoki orasiga chang to‘plangan buyumlarni tozalashda maxsus cho‘tka o‘rniga gubkadan foydalanish mumkin. Buning uchun oshxonada ishlatiladigan qisqichga ikkita gubkani rezinka bilan mahkamlash kerak.

Kir yuvishda foydalaning

Gubkani kir yuvishda sochiq, materiallar ip va qoldiqlarini yig‘ib olish uchun ishlatiladigan maxsus salfetka o‘rnida qo‘llasa bo‘ladi. Buning uchun idishga suv va bir nechta gubka soling. Ustidan kiyimlar uchun mo‘ljallangan konditsioner quying va idish qopqog‘ini yoping. Kir yuvishdan avval gubkani oling va kirlar bilan birga mashina ichiga soling. Ishlatib bo‘lingandan keyin qayta idishga solib qo‘yish mumkin.

Sochingizni jingalak qiling

Gubkalarni gorizontal ushlab, unga sochingizni o‘rab chiqing. Keyin esa o‘rtasidan bukib rezinka bilan mahkamlang.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют