» » Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo‘llagan xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo‘llagan xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblariga O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan qutlovlar yo‘llagani uchun O‘zbekiston xalqi nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga berilgan yuksak baho va xayrixohlik, ikki tomonlama do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratayotgan e’tibori, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatlarini yengib o‘tishdagi samarali sheriklik uchun xorijiy hamkorlarga tashakkur aytdi.

O‘zbekiston xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan uzoq muddatli aloqalarni kengaytirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, turizm, fan, tibbiyot, ta’lim, madaniyat va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan konstruktiv muloqotni davom ettirish uchun ochiq va tayyor ekani qayd etildi.

Qayd etilishicha, 2020-yilda 100 dan ziyod xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘z qutlovlarini yo‘llagan. Ularning qatoridan quyidagilar o‘rin olgan:

Mavzuga doir: Mustaqillik kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют