» » O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining minimal narxi oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining minimal narxi oshirilishi mumkin


O‘zbekiston Moliya vazirligi “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

“Minimal narxlar amalda har yili oshadi, qoidaga ko‘ra, bu boradagi tegishli qaror dekabr oxirida qabul qilinadi, yangi narxlar esa yanvar oyidan kuchga kiradi — ushbu amaliyot kamida 2010-yildan beri davom etib kelmoqda”, — deb yozadi Spot.

Amaldagi narxlar 2019-yilning noyabrida o‘rnatilgan etdi. 2020-yilda narxlarni 1-oktabrdan yangilash taklif etilmoqda (pivodan boshqa).

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyul oyi oxirlarida “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilingandi. Farmon bilan O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun guvohnoma cheklanmagan muddatga berilishi belgilangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют