» » O‘zbekistonda 2019-yilning yanvaridan alkogol mahsulotlari narxi oshadi

O‘zbekistonda 2019-yilning yanvaridan alkogol mahsulotlari narxi oshadi


2019-yilning yanvar oyidan boshlab O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining narxi oshishi mumkin. Ushbu taklif Moliya vazirligi tomonidan 12-dekabr kuni Muhokama portaliga kiritilgan, deb yozadi Turon24.

Mazkur qaror loyihasiga binoan, 2019-yildan aroq narxi eng kam ish haqining 21 foiziga oshirilishi mumkin. Ya’ni 1-yanvardan boshlab bir litr aroqning ulgurji narxi 19 400 so‘mni, chakana savdodagi narxi esa 23 200 so‘mni tashkil etishi mumkin.

Hozirda bir litr aroqning ulgurji narxi 16 000 so‘mni, chakana savdodagi narxi esa 19 200 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, vino mahsulotlarining o‘rtacha ulgurji narxi 23 foiz, konyak mahsulotlari narxi esa 31 foiz oshishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют