» » “O‘zneftmahsulot”: yaqin kelajakda yonilg‘i mahsuloti narxi o‘zgarmaydi

“O‘zneftmahsulot”: yaqin kelajakda yonilg‘i mahsuloti narxi o‘zgarmaydi


1-apreldan O‘zbekistonda elektr energiyasi, tabiiy gazning narxi oshadi. Odamlar orasida bu sanadan benzin narxi ham qimmatlashishi mumkinligi haqidagi gaplar tarqalmoqda. O‘zA bu masalaga oydinlik kirtish maqsadida “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyatiga murojaat qildi.

“O‘zneftmahsulot” AJ matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, yaqin kelajakda yonilg‘i mahsuloti narxi o‘zgarmaydi. Shuningdek, yonilg‘i narxi o‘zgarishi nazarda tutilayotgani ham yo‘q.

Xavotirga o‘rin yo‘q, avtobenzin narxi oshmaydi.

So‘nggi bor O‘zbekistonda 2017-yil 14-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 913-sonli qarori bilan 2017-yilning 15-noyabridan avtobenzin narxlari quyidagicha belgilangan:

1 litr Ai-80 markadagi avtobenzin uchun — 3800 so‘m;

1 litr Ai-91 avtobenzin uchun — 4300 so‘m;

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi 149-sonli qaroriga binoan joriy yilning 1-mart sanasidan:

1 litr dizel yonilg‘isi narxi – 4600 so‘m;

1 litr Eko rusumli dizel yonilg‘isi narxi — 4700 so‘m etib belgilangan.

O‘zbekiston hududida joylashgan barcha avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ushbu narxlarga amal qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют