» » O‘zbekistonda dizel yonilg‘isi 12 foizga qimmatlashdi

O‘zbekistonda dizel yonilg‘isi 12 foizga qimmatlashdi


Vazirlar Mahkamasining 28-fevraldagi 149-son qarori bilan dizel yonilg‘isi va EKO dizel yonilg‘isining yagona chakana narxlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Joriy yilning 1-martidan quyidagi yagona chakana narxlar joriy etildi:

- dizel yonilg‘isi — 1 litri uchun 4600 so‘m miqdorida (12,1 foizga qimmatlashdi);

- EKO dizel yonilg‘isi — 1 litri uchun 4700 so‘m miqdorida (11,9 foizga qimmatlashdi).

Qarorga muvofiq, dizel yonilg‘isi ushbu narxlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar va avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga iste’mol solig‘ini hisobga olgan holda sotiladi. Xususan, paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchilar sotib oladigan YoMM uchun 100 foiz oldindan to‘lovni amalga oshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют