» » Soqol qoymoqchimisiz? Pulini tolang. Yevropa va Rossiya tarixida soqol mashmashasi

Soqol qoymoqchimisiz? Pulini tolang. Yevropa va Rossiya tarixida soqol mashmashasi


Jahon tarixi bir-biridan qiziqarli voqealarga guvoh. Bu voqealarning qaysidir birlari boshqacharoq shakl-u shamoyilda bugun ham namoyon bolyapti desak, mubolaga bolmas. Soqol masalasi esa tarixda ham ancha-muncha bahs-munozaralarga sabab bolgan desak, kopchilik ishonmasa kerak. Bugun Daryo ana shunday gayrioddiy tarixiy hodisalardan biri haqda hikoya qiladi.

Qirol Genrix VIII 1535-yilda Angliyada soqol soligini joriy qildi. Ushbu soliq soqol qoyuvchining ijtimoiy holatiga qarab belgilanar edi. Keyinchalik uning qizi Yelizaveta I ham ikki haftadan koproq vaqt davomida ostirilgan har qanday soqolga solinadigan shunga oxshash soliqni joriy etdi (M. E. Sharpe, Challenge, v. 2, 1967).

Fransiya zodagonlari va dindorlari orasida soqol qoyish ananasining asoschisi qirol Fransisk I (15151547) edi. Hukumat ruhoniylarga soliq solgani sababli kambagal ruhoniylar soqol olishni afzal korgan. Tez orada soqolga solinadigan soliqqa qarshilar va tarafdorlar ortasida nizolar kelib chiqishni boshlagan, bu esa mojaroga eng yuqori katolik ruhoniylarining aralashuviga olib kelgan. 1119-yilgi Tuluza sobori natijalarini qisqa soqol qoyish tarafdorlari foydasiga talqin qilish mumkin edi.

Xuddi shunday tarixiy hodisa Rossiya tarixida poshsho Pyotr I nomi bilan boglanadi. Pyotr I hukmdorligi davrida amalga oshirilgan eng bahsli islohotlaridan biri 1698-yilda joriy qilingan soqolni majburiy oldirish siyosati edi. Ushbu yangilik soqolni muhim deb hisoblovchi qatlamning jiddiy noroziligiga sabab bolgan. XVIIXVIII asrlar oraligida Rossiyada deyarli hamma soqol qoygan oddiy dehqonlardan tortib, boy zodagonlargacha. Jamiyat orasida soqolga ham yuzning bezagi, ham erkaklik va pravoslav etiqodiga sodiqlik belgisi hisoblanardi.

Aholi uchun soqol oldirish dahshatli xorlik, haqorat va zulmga teng edi. Biroq ayyor hukumat ataylab ananalarning eng ashaddiy tarafdorlari uchun yol qoldiradi istagan kishi davlat xazinasiga soliq tolasin va soqol qoyib yuraversin. Bu davrda Rossiyadan chet davlatlarda hech kim uzun soqol ostirib yurmas, aksincha, sivilizatsiyalashgan dunyoda uzun soqollar vahshiylikning bir namoyishi sifatida qabul qilinardi. Bulardan boxabar bolgan Pyotr I esa oz hukmronligi ostidagilarning tashqi korinishlarini yevropaliklarnikiga yetkazish istagida edi.

Sir emaski, Pyotr I ning harakatlari kopchilikni gazablantirgan. Ammo mamlakatda podshoga qarshi chiqishga jurat eta oladigan ahmoq topilmagan. Sababi podsho oz xohish-irodasiga qarshi chiqqanlarni kechirmaydigan va qasoskor xislatlarga ega edi. Shunday qilib, chet eldan kelgan zahoti 1698-yil 29-avgustda, qirol yangi farmonni imzoladi va noxolis korinmaslik va psixologik tasir korsatish uchun qoliga qaychi olib, shaxsan ozi knyazlik oilalaridan bolgan keksa boyarlarning soqollarini kesishni boshladi. Ustara yigilganlarning soqoli ustidan beparvolik bilan uchib otdi, deb esladi voqeani Avstriya elchisi seskanib.

Shu zaylda soqol politsiyasi podshoning buyrugi bilan kochalarga chiqdi. Soqolli kishilarni ovlash boshlandi. Rossiyaning ilgor qatlam vakillari yosh hukmdor amalga oshirayotgan chora-tadbirlardan sarosimaga tushdi. Osha vaqtdagi etiqodlarga kora soqolsiz yurish gunoh deb hisoblanar, soqolsiz odam cherkov marhamatidan mahrum bolar edi. Shuning uchun bazilar soqollaridan emas, hayotlaridan ajralishni afzal kordi.

Jamiyatda chaqmoq tezligida tarqayotgan norozilik kayfiyati Pyort I ni yangi choralar oylab chiqishga majbur qildi va 5-sentabrda uning buyrugi bilan soqolga afsonaviy va tarixiy soliq ornatildi. Bundan buyon boy fuqarolar chinakam bebaho bolaklarini soqollarini sotib olishga qodir edi.

Turli sinf vakillari uchun stavkalar farq qilgan. Birinchi toifadan orin olgan savdogarlarga ogir soliq yuklatilgan: ular yiliga 100 rubl miqdorida tolashi kerak edi. Reytingning keyingi orinlaridan saroy nozirlari (60 rubl), murabbiylar va taksichilar (har biri 30 rubl) joy olgan. Farmon 1705-yilda qayta yangilandi va Yekaterina II hukmronligining ortalariga qadar bir necha bor tasdiqlandi.

1715-yildan boshlab yiliga 50 rubl miqdorida bir xil boj tolash tartibi kuchga kirdi. Bu tartib faqat 1772-yilga kelibgina bekor qilindi. Songgi imperatorlar buyuk ajdodlarining korsatmalariga ahamiyat bermadi. Aleksandr II, Aleksandr III va Nikolay II taniqli soqolli rus hukmdorlari edi. Soqol soligini tolaganlarga soqol nishonlari berilardi ular har doim tolovchining yonida bolishi va soralganda korsatilishi shart edi.

Hayratlanarlisi, islohot tashabbuskorining ozi odatdagidek Yevropa uslubida moylov qoyib yurar va bu ham farmonga zid edi. Pyotr I tegishli soliqlarni toladimi yoki yoqmi, tarix jim... Faqat ruhoniylar va dehqonlarga soqol qoyishga ruxsat berildi. Biroq dehqonlar uchun erkinlik faqat qishloqlarda ishlagan. Shaharga sayohat qilayotganida dehqon har bir kelishi uchun bir tiyin tolashga majbur edi.

Shu bilan birga, Rossiyada garb kiyimlari tatbiq qilingan. 17001724-yillarda liboslarni ozgartirish togrisida 17 ta farmon chiqarilgan, ularning bajarilishi qatiy nazorat qilingan. Eski tartibni sevuvchilar itoatsizlik uchun shahar darvozalarida jarimaga tortilgan. Etiborlisi, Pyotr I davrida mamlakatda ilk marotaba manekenlar paydo bolgan. Ulardan odamlarga Yevropa kiyimlari arzon, qulay va unchalik qopol emas ekanini korsatish maqsadida foydalanilgan.

Pyotr I xudojoy, konservativ va jamiyatdagi har qanday yangilikka qarshi aholi orasida yangi tartiblarni joriy qilish uchun kop harakatlarni amalga oshirishi kerak edi. Shunga qaramay, vaqt otishi bilan soqol olish, shuningdek, lab boyogi, parik va bosh kiyimlardan foydalanish ruslarning odatiga aylandi.

Rossiya odamlarga tolib toshgan sartaroshxonaga aylandi, bu yerdagilardan biri soqolini oz xohishi bilan oldirsa, ikkinchisi bunga majburlandi, deb yozgan edi Nikolay Gogol osha davr haqida.

1705-yil 16-yanvardagi soqolga soliq solish togrisidagi farmonda tort toifadagi boj belgilab berilgan edi:

1) saroy xodimlaridan, shahar zodagonlaridan, amaldorlardan yiliga 60 rubl;

2) birinchi darajali mehmonlardan yiliga 100 rubl;

3) orta va kichik buyum savdogarlaridan, shuningdek, shahar aholisidan yiliga 60 rubl;

4) xizmatkorlardan, qoriqchilar va taksichilardan, cherkov xizmatchilaridan va Moskva aholisidan yiliga 30 rubl

Rossiya tarixida soqollilarga qarshi kurash davri alohida orin tutadi. Ushbu maqoladan korinib turibdiki, soqol mavzusi asrlar osha ham oz ahamiyatini yoqotmay kelmoqda. Hatto hozir ham, hatto Ozbekistonda ham bu masala kotarilib turadi.

Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-09-2020, 09:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -