» » Oq uy Trampning nima sababdan niqob taqmayotgani yuzasidan tushuntirish berdi

Oq uy Trampning nima sababdan niqob taqmayotgani yuzasidan tushuntirish berdi


Oq uy boshqaruvi rahbari Mark Midous AQSh prezidenti Donald Tramp doimiy ravishda koronavirusga tekshirib turilgani va shuning uchun ham u omma oldidagi uchrashuvlar vaqtida tibbiy niqob taqmayotganini bildirdi. Bu haqda Freenews xabar qilgan.

“Prezident AQShda koronavirusga chalinish bo‘yicha eng ko‘p tekshiriladigan inson. Men esa mamlakatda bu borada tekshiruvdan o‘tadigan ikkinchi odam bo‘lsam kerak. Tibbiy niqob shaxsiy himoyaga emas, balki atrofdagilarni kasallikdan himoya qilish uchun taqiladi… Shu sababli ham prezidentda bunday qilish uchun (niqob taqish) ehtiyoj borligini ko‘rmayapman”, — degan u.

Tramp pandemiya boshlanganidan beri omma oldida qilgan chiqishlari davomida faqat bir marta yuziga niqob taqib olgan holda ko‘rinish bergan. U o‘shanda boshqa odamlar bilan yurganidan doimiy ravishda niqob taqayotganini aytib o‘tgandi. Bundan avval Tramp prezident sifatida niqob taqib yurish o‘ziga yoqmasligi va shu sababli ham unda yurmasligini ta’kidlagandi.

Tramp matbuot anjumanlari va boshqa tadbirlarga hech qachon niqob taqqan holda bormaydi.

Mavzuga doir: Omma oldiga baland poshnali tufli kiyib chiqqan Donald Tramp kulgiga qoldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют