» » Jo Bayden niqob taqmayotgan Trampni ahmoq deb atadi

Jo Bayden niqob taqmayotgan Trampni ahmoq deb atadi


AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden amaldagi prezident Donald Trampni ahmoq deb atadi. Baydenning fikricha, u koronavirus pandemiyasi fonida “soxta mardligini” namoyish qilmoqda, deb xabar beradi “Kommersant”.

Avvalroq prezident Xotira kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirga himoya niqobisiz kelgan, Jo Baydenda esa niqob va ko‘zoynakda bo‘lgan. Keyinroq Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida Baydenning niqobdagi suratini retvit qilgan. CNN telekanali boshlovchisi esa prezident niqob taqish kuchsizlik belgisi ekanligini ko‘rsatib qo‘yib, o‘zining siyosiy raqibini “kamsitishga” uringanini taxmin qilgandi.

“U — ahmoq, mutlaqo ahmoq, chunki shunaqa gaplarni gapirmoqda”, — deydi Bayden CNN’ga bergan intervyusida. Uning aytishicha, yetakchi mutaxassislar omma ichida bo‘lganda niqob taqish kerakligini ta’kidlamoqda. Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp “soxta mardligini” namoyish etib, yomon namuna bo‘lmoqda, “odamlar esa buning uchun hayoti bilan to‘lashga majbur bo‘lyapti”.

Eslatib o‘tamiz, 77 yoshli Jozef Bayden AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan yagona nomzod sanaladi. Uning nomzodi 2020-yil avgust oyida partiya syezdida rasman ilgari surilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: Tramp koronavirus pandemiyasi vaqtida nima sababdan tibbiy niqob taqmayotganini tushuntirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют