» » Shimoliy Koreya OAVlari AQSh sobiq vitse-prezidentini ahmoq deb atadi

Shimoliy Koreya OAVlari AQSh sobiq vitse-prezidentini ahmoq deb atadi


Shimoliy Koreyaning bosh axborot agentligi (Koreya markaziy telegraf agentiligi — KMTA) AQSh sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenning saylovoldi nutqida aytgan fikrlariga keskin munosabat bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Bayden o‘zining yaqinda o‘tkazgan saylovoldi kampaniyasida so‘zlagan nutqida butun KXDR oliy rahbariyatiga tuhmat qildi”, — deyiladi KMTA bayonotida. “Uning aytgan so‘zlari, siyosiy jihatini qo‘ya turaylik, oddiy insoniy hislatlardan mahrum bo‘lgan ongsiz odamning safsatasidir”, — deb qayd etilgan maqolada.

“Uning nomzodiga to‘xtovsiz fikr bildirilayotgani, unga ishonch bildirish kerak emasligi, intellektual darajasi past bo‘lgan ahmoq ekanligi kulguga olinayotgani ham tasodif emas”, — deyiladi maqolada. Agentlik, shuningdek, Bayden obro‘siga putur yetkazuvchi bir qator ayblovlarni ham qayd etib o‘tgan.

Bundan tashqari, agentlik Bayden 2011-yili Barak Obama nutq so‘zlayotganida uxlab qolib “kulgiga qolganligi”ni ham eslatib o‘tgan. KMTAning bildirishicha, Shimol “KXDR oliy rahbariyatiga til tekkizgan har qanday kishini hech qachon kechirmaydi” va shubhasiz, “bunga javob berishga majbur” qiladi.

Bayden o‘zining saylovoldi nutqida AQSh Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In kabi “diktatorlar va tiranlar”ga prezident Trampga o‘xshab quchoq ochmasligi kerakligini aytgan.

Bayden Obama prezidentlik qilgan 2009—2017-yillarda vitse-prezident lavozimida ishlagan. U aprel oyida 2020-yilgi saylovoldi kampaniyasida ishtirok etish uchun o‘z nomzodini ilgari surdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют