» » Bayden AQSh prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi haqida e’lon qiladi

Bayden AQSh prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi haqida e’lon qiladi


AQShning sobiq vitse-prezidenti o‘z saylovoldi tashviqotini xalqni birlashtirish bilan bog‘lash niyatida, deb yozadi “Liga Novosti”.

76 yoshli sobiq vitse-prezident Jozef Bayden 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyati haqida 25-aprel kuni e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

29-aprel kuni Bayden Pittsburgdagi saylovchilar bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Baydenning qarori e’lon qilinishi, hozirda 20 dan ortiq nomzod tayyorlanayotgan demokratlarning dastlabki saylovi boshlanishini belgilaydi.

AQSh siyosatida Baydenning yuksak obro‘-e’tiborini inobatga olinib, poyganing yetakchisi deb hisoblanmoqda.

U o‘zining saylov kampaniyasini xalqni birlashtirishi va AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampni mag‘lub qilish niyatida amalga oshirmoqchi.

2019-yilning 20-mart kuni Bayden tor doirada AQShning 2020-yilgi prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lishi haqida e’lon qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют