WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Tramp Jo Baydenni urib, yig‘latish niyatida ekanini tan oldi
Tramp Jo Baydenni urib, yig‘latish niyatida ekanini tan oldi
AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq vitse-prezident Jo Baydenni urib, yig‘latish istagida ekanini aytdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
CNN telekanaliga bergan intervyusida Bayden o‘rta maktabda bo‘lganlarida, Trampni sportzalga olib borib, “aqlini kiritib qo‘ygan” bo‘lishini ta’kidlagan edi. Tramp uning so‘zlariga javob berdi.
“Aqlsiz Jo Bayden o‘zini kuchli bola qilib ko‘rsatmoqchi. Aslida u ham ruhiy, ham jismoniy kuchsiz, ammo u ikkinchi marta menga jismoniy hujum bilan tahdid qilmoqda. U meni bilmaydi, lekin men uni tezda yiqitib, yig‘lashga majbur qilardim. Odamlarga tahdid qilma, Jo!”, — deb yozdi Tramp.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?