» » Tramp o‘zini “daho” deb atadi. Avvalroq uning zehni shubha ostiga olingan edi

Tramp o‘zini “daho” deb atadi. Avvalroq uning zehni shubha ostiga olingan edi


AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini “daho” deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Avvalroq, mojarolarga sabab bo‘lgan “Olov va qahr: Trampning Oq uyi” kitobining muallifi Maykl Vulff Trampni “intellektual jihatdan AQSh prezidenti bo‘lishga noloyiq” deb atagan edi.

“U na o‘qiydi va na eshitadi, u qiziquvchan emas”, degandi Vulff. Tramp bu ayblovlarga javob qaytardi.

“Aslida ruhiy bardoshlilik va mening zehnim butun hayotim davomidagi eng asosiy fazilatlarim bo‘lgan... Men juda muvaffaqiyatli biznesmendan eng yuqori darajadagi teleyulduz va AQSh prezidentligigacha (birinchi urinishda) bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tganman. Nazarimda, bu yo‘lni shunchaki aqlli deb emas, balki dohiyona deb atag mumkin”, — deb yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, avvalroq Oq uy jurnalist Maykl Vulffning kitobi mazmunini to‘liq rad etgan edi. Kitobda, jumladan, Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanishga hech umid qilmagani, saylov natijalari e’lon qilingach hayratda qolgani haqida so‘z boradi.

Опубликовано: admin (6-01-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют