» » Ivanka Tramp AQShning birinchi ayol prezidentiga aylanmoqchi

Ivanka Tramp AQShning birinchi ayol prezidentiga aylanmoqchi


AQSh yetakchisi Donald Trampning qizi Ivanka ilk ayol prezidentga aylanishni istardi, deyiladi jurnalist Maykl Vulffning “Olov va qahr: Trampning Oq uyida” kitobida. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Kitobdan parchalarni keltirib o‘tgan New York Magazine nashri yozishicha, kitobda Ivanka va uning turmush o‘rtog‘i, Trampning maslahatchisi Jared Kushner bu Trampning qiziga qachonlardir prezident lavozimini egallashda yordam berishiga umid qilgan holda prezident ma’muriyati tarkibiga kirishga rozi bo‘lganini da’vo qilinmoqda.

“Er-xotin kelajakda imkoniyat tug‘ilsa, u prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi haqida o‘zaro kelishib olgan”, — deya nashr Vulffning kitobidan iqtibos keltirdi. Shuningdek, ta’kidlanishicha, “birinchi ayol prezident Hillari Klinton emas, Ivanka Tramp bo‘ladi”.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют