» » Tramp Obama haqidagi savol berilishi bilan intervyuni to‘xtatdi

Tramp Obama haqidagi savol berilishi bilan intervyuni to‘xtatdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning CBS telekanaliga berayotgan intervyusida sobiq davlat rahbari Barak Obama haqida savol berilishi bilan suhbatni tugatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Muxbir davlat rahbariga uning Twitter orqali Obamani Tramp Tower’dagi qo‘ng‘iroqlarni yashirin eshitgani uchun “yomon va kasal yigit” deb atagani bilan bog‘liq savol berdi. Tramp Tower 2016-yildagi prezidentlikka saylovlarda respublikachi Trampning saylovoldi kampaniyasi bosh qarorgohi bo‘lgan edi.

Savolga hozirgi prezident “Mening o‘z fikrim bor. Sizda o‘z fikringiz”, — deb javob qaytardi.

Muxbir savolga to‘liq javob olishni xohlashini, Tramp davlat rahbari bo‘lgani bois uning fikri muhimligini aytdi.

“Yetarli. Rahmat”, — deya amerikalik yetakchi intervyuga yakun yasadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют