» » Tramp Obamani Rossiyaga nisbatan munosabatlarda “nimjon” bo‘lganlikda aybladi

Tramp Obamani Rossiyaga nisbatan munosabatlarda “nimjon” bo‘lganlikda aybladi


AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, sobiq prezident Barak Obama Rossiyaga nisbatan munosabatlarda “nimjon”lik qilgan. Bu haqda Tramp Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

Rossiya sakkiz yil davomida prezident Obamaga “bosim” o‘tkazib, kuchaygandan kuchayib bordi, Qrimni tortib oldi va raketa quvvatlarini oshirdi. Nimjon!

Donald Tramp, AQSh prezidenti

Avvalroq Tramp 2012 yili Obama prezident saylovlaridan so‘ng Rossiyaga nisbatan “bir qadar qayishqoq” munosabatda bo‘lishi haqida Rossiyaning sobiq davlat rahbari Dmitriy Medvedevga aytgan gaplarini yodga olgan edi.

Shuningdek, Tramp Obamani 2016-yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida uning telefonini eshitganlikda ayblab chiqqan edi. Oq uy mazkur holatni o‘rganib chiqish bo‘yicha Kongressga so‘rov yuborgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют