» » 9-sentabr – Yupiterning beshinchi yo‘ldoshi Amalfeya kashf qilingan kun

9-sentabr – Yupiterning beshinchi yo‘ldoshi Amalfeya kashf qilingan kun


1610-yilda Galileo Galiley teleskop orqali Quyosh sistemasini kuzatishni boshlaganida eng birinchi bo‘lib Yupiterning to‘rtta eng yirik yo‘ldoshlarini kashf qilgan edi. Shu sababli o‘sha yo‘ldoshlarni fanda “Galiley yo‘ldoshlari” ham deyiladi. Uzoq vaqtgacha Yupiterda faqat to‘rtta yo‘ldosh bor deb qaralgan. Lekin hozirda bu eng yirik sayyoraning 79 ta tabiiy yo‘ldoshi borligi fanga ma’lum.

9-sentabr Yupiterning ushbu ko‘p sonli yo‘ldoshlaridan beshinchisi – Amalfeya kashf qilingan kun. “Daryo” sana munosabati bilan Amalfeya haqidagi qiziqarli faktlarni taqdim etadi.

Uni 1892-yilning xuddi shu sanada amerikalik astronom Edvard Barnard tomonidan Kaliforniyadagi San-Xose shahri yaqinidagi Gamilton tog‘ida joylashgan rasadxonadagi 91 santimetrlik refraktor vositasida kashf qilingan edi.

Amalfeya – Yupiter yo‘ldoshlari orasida o‘lchamlari jihatdan beshinchi o‘rinda turadi (faqat eng birinchi ochilgan Galiley yo‘ldoshlari undan yirikroq xolos). Tartib bo‘yicha ham beshinchi bo‘lib ochilgani uchun unga har jihatdan JV (Jupiter V), ya’ni “beshinchi” nomi mos keladi. Haqiqatan ham u kashf qilingan dastlabki paytlarda hamma astronomlar tomonidan shunchaki “beshinchi” yoki JV deb qayd qilinar edi. Hatto kashshof Barnardning o‘zi ham bu jismga alohida nom berishni ma’qul topmagan. Unga Amalfeya nomini fransiyalik yozuvchi va astronom Kamil Flammarion taklif qilgan. Amalfeya – qadimgi yunon afsonalarida ma’bud Zevsni o‘z suti bilan boqqan echkining nomi bo‘lib, Yupiter esa aynan Zevsning rimliklar afsonalaridagi analogi hisoblanadi. Yo‘ldoshning ushbu nomi 1976-yilga kelibgina Xalqaro astronomiya ittifoqi tomonidan rasman tasdiqlangan.

Qizig‘i shundaki, xuddi bizning Oy kabi Amalfeya ham Yupiterga faqat bir tarafi bilan yuzlanib turadi. U o‘z sayyorasi atrofini 12 soatga yaqin muddat ichida aylanib chiqadi (aniqrog‘i, 11 soat-u 57 daqiqa). Amalfeya – to‘g‘ridan to‘g‘ri vizual kuzatuv orqali aniqlangan oxirgi tabiiy yo‘ldosh hamdir. Uni Barnard bevosita teleskop orqali kuzatib, ko‘rgan va avval noma’lum yo‘ldosh ekanini payqab qolgan. Yupiterning qolgan barcha keyingi yo‘ldoshlari esa yoki fotosuratlarni xronologik tahlil qilish orqali yoki ushbu sayyoraga yetib borgan avtomat kosmik stansiyalar orqali kashf qilingan.

Muzaffar Qosimov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют