» » Jalaquduq tuman IIB boshlig‘i Asaka tumaniga hokim etib tayinlandi

Jalaquduq tuman IIB boshlig‘i Asaka tumaniga hokim etib tayinlandi


Mansur Alixonov Asaka tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri; 9-sentabr kuni Xalq deputatlari Asaka tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan.

Ma’lum qilinishicha, Asaka tumaniga 2020-yil martidan beri rahbarlik qilib kelgan Inomjon Mamadaliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hokim lavozimidan ozod etilgan. O‘z navbatida, 2018-yil iyulidan buyon Andijon viloyati Jalaquduq tuman IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Mansurbek Alixonov Asaka tumanining yangi hokimi sifatida tanishtirilgan.

Ma’lumot uchun, Mansurbek Alixonov 1984-yilning 14-iyun kuni Andijon tumanida tug‘ilgan, 2005-yilda Andijon davlat universiteti huquqshunoslik yo‘nalishini tamomlagan. Turli yillarda viloyati IIB ekspertiza-kriminalistika bo‘limi, shaxsni identifikatsiya qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan bo‘linmasi eskperti, jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi, narkotrafik va giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakili, Buloqboshi tumani IIB jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasi tezkor vakili, viloyat IIB moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — moddiy-texnika va xo‘jalik xizmati boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2018-yildan buyon Jalaquduq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i edi.

Inomjon Mamadaliyev (1975-yilning 24-yanvar kuni Asaka tumanida tug‘ilgan) 4-mart kuni Asaka tumani hokimi etib tayinlangan edi, bungacha u Andijon viloyatining boshqa — Bo‘ston (sobiq Bo‘z) tumaniga rahbarlik qilgan. 1997 yilda Andijon davlat universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan Inomjon Mamadaliyev turli yillarda Asaka shahar IIB katta inspektori, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat IIBda boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Inomjon Mamadaliyevning qaysi lavozimga o‘tkazilgani ma’lum qilinmagan.

Mavzuga doir: Bo‘stonning sobiq hokimi Asakaga hokim bo‘ldi. Asakaning sobiq rahbari Ulug‘norga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 12:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 25) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют