» » Barcha davrlarning eng sevimli komediyasi — “Jazd‘a faqat qizlar” filmining kadr orti sirlari

Barcha davrlarning eng sevimli komediyasi — “Jazd‘a faqat qizlar” filmining kadr orti sirlari


Hech qachon dolzarbligini yo‘qotmaydigan filmlar mavjud – ulardan biri “Jazda faqat qizlar” komediyasi. Kartina 1959-yil amerikalik mahoratli rejissor Billi Uaylder tomonidan suratga olingan. Film 1951-yilgi “Sevgi fanfari” va 1931-yilgi Amerikaning “Jamoatchilik dushmani” kinolari sujeti bilan yaqin.

“Jazda faqat qizlar” – bosqinchilar tortishuviga guvoh bo‘lgan ikki musiqachi Toni Kyortis va Jek Lemmon haqida hikoya qiladi. Ta’qibchilardan yashirinishga urinib, ayollar ansambliga qo‘shiladi va ular kabi ko‘rinishga harakat qiladi. Biroq tez orada ulardan biri o‘z hamkasbiga oshiq bo‘ladi, ikkinchisi esa keksa millionerning muhabbatiga sazovor bo‘ladi.

Ushbu komediya ko‘p jihatdan kino san’atida katta o‘zgarish yasadi. Birinchidan, 50-yillarda gangsterlarni komediya mavzusi sifatida ko‘rish odati bo‘lmagan. Ikkinchidan, ssenariyda yozilgan ochiq hazillar o‘sha paytdagi kino tomoshabinlari tomonidan qabul qilinishi mumkin emas edi. Uchinchidan, yaqin munosabatlar mavzusi Gollivud filmalarining diqqat markazida bo‘lmagan.

Betakror Merilin Monro juda iqtidorli bo‘lmasa-da, injiq aktrisa edi – rejissor uning so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishi uchun 30 dan ortiq dublda suratga olgan. Shunda ham, u so‘zlarni o‘qib berish bilan bunga erishgan. Shuningdek, u ko‘pincha suratga olish maydonchasiga kechikib kelar va pardoz xonasidan chiqishni rad etardi.

Hatto filmni suratga olish uchun San Diyegodagi Del Kolorado mehmonxonasi Merilin Monroga qulaylik yaratish maqsadida tanlangan. Bularning sababi aktrisa suratga olish jarayonida homilador bo‘lgan. Shunindek, uni odatdagidek biroz to‘lacharoq ko‘rinishi tufayli ikkita dublyordan foydalanilgan, keyinchalik ularga Monroning boshi montaj qilingan. Hattoki aktrisa dialoglarni matnga qarab o‘qib berganini filmda uning ko‘zlari qatorlar bo‘ylab harakatlanayotganidan ham sezish mumkin.

Kartina ustida ishlash mobaynida Merilin Monro psixologik inqirozni boshdan kechiradi. Shuning uchun ham film ustida olib borilgan ishlar cho‘zilib ketadi. Film prodyuseri deyarli 1 million dollar ortiqcha mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi. Biroq Monro tomonidan kuylangan “Men seni sevishni xohlayman” qo‘shig‘i kino tarixidagi eng yaxshi film musiqasidan biriga aylandi va sarflangan xarajat bir necha bora o‘zini qopladi.

Aktrisa dastlab unga berilgan rolga istar-istamas rozi bo‘lgan va oldindan filmdagi ijroning 10 foiz miqdorida to‘lov olgandan keyingina suratga tushishga kirishgan.

O‘z navbatida Toni Kyortis va Jek Lemmon mahoratli aktyor bo‘lganligi uchun ham ularga ayol obrazida namoyon bo‘lish qiyin bo‘lmagan. Shuningdek, ular qiyofasidagi ko‘plab topilmalarni o‘zlari kiritgan.

Toni Kyortis milliarderni tasvirlaydigan epizodda u rejissorning g‘oyasiga ko‘ra, mashhur akytor – Keri Grantga taqlid qilgan. Aytgancha, “Jazda faqat qizlar” filmi ham rang-barang bo‘lishi mumkin edi, ammo bosh qahramonlarning pardoz-andozi tufayli uni oq-qora tarzda suratga olishga qaror qilingan. Film dunyodagi eng buyuk kino asarlari ro‘yxatiga kiritilgan va eng yaxshi Amerika komediyasi deb tan olingan. Shuningdek, ushbu filmdagi ko‘plab iboralar ommaviy madaniyatning bir qismiga aylanib ketgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 110) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют