» » “Muzlagan” filmi aprel oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

“Muzlagan” filmi aprel oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi


Rejissor Alisher Uzoqovning “Muzlagan” filmi aprel oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Aprel oyining uchinchi haftasi kinoreytingida “Muzlagan” filmidan keyingi o‘rinlarni Jahongir Ahmedovning “Asal oyi”, Ikrom Alining “Komila”, Ruslan Ibragimovning “Egizak oshiqlar”, Rustam Halilovning “Amerikalik”, filmlari band etgan.

Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Merosxo‘r”, “Yuragimdasan”, “Yolg‘on girdobi” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

1-o‘rin. “Muzlagan” (komediya)

Rejissor — Alisher Uzoqov

2-o‘rin. “Asal oyi” (komediya)

Rejissor — Jahongir Ahmedov

3-o‘rin. “Komila” (drama)

Rejissor — Ikrom Ali

4-o‘rin. “Egizak oshiqlar” (jangari komediya)

Rejissor — Ruslan Ibragimov

5-o‘rin. “Amerikalik” (komediya)

Rejissor — Rustam Halilov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют