» » Kutib oling, “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqalari boshlanmoqda

Kutib oling, “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqalari boshlanmoqda


Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 4-sentabrda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari hamda hududlardagi yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida turli ommaviy madaniy va sport tadbirlari, jumladan, “Bosh vazir kubogi” musobaqasini o‘tkazish vazifasi yuklatilgan edi.

Mazkur topshiriqning ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan 2020-yilning 4—12-oktabr kunlari vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning xodimlari o‘rtasida futbol musobaqalari tashkil etilmoqda.

Shu maqsadda “Bosh vazir kubogi” musobaqalarida qatnashish uchun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 150 dan ortiq vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarga taklifnomalar yuborildi. Musobaqada ishtirok etish uchun talabnoma taqdim etishning so‘nggi muddati etib 10-sentabr belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ilk marotaba tashkil etilgan musobaqalarda 64 ta jamoa ishtirok etgandi. Bir haftadan oshiqroq davom etgan qizg‘in va murosasiz bahslarda bosh sovrinni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi qo‘lga kiritgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют