» » Aziz Rametov saraton kasali bilan kurashayotgan Saida Rametovaning ahvoli qandayligini ma’lum qildi (video)

Aziz Rametov saraton kasali bilan kurashayotgan Saida Rametovaning ahvoli qandayligini ma’lum qildi (video)


Aktyor va rejissor Aziz Rametov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova saraton kasaliga chalingani, dastlab bu kasallikni Turkiyada davolatmoqchi bo‘lgani, ammo qaytishga qaror qilgani haqida ma’lum qilgan edi.

Aziz Rametov suhbat davomida onasining bugungi ahvoli qandayligi haqida gapirib berdi.

Hozirda davolash ishlari va muolajalar boshlangan. Turkiyadan yurtimizga qaytganlarining sababi ham, aynan muolajalarni Toshkentda olamiz deb keldilar. Bizda davolay olmagan kasallikni dunyoda ham davolay olmaydi. Dunyoda davolay olinmagan kasallikning bizda ham davosini topib bo‘lmaydi. Yurtimizda malakali shifokorlar juda ko‘p, buni onajonim juda ham yaxshi biladilar. Hozir birinchi kimyo-terapiya boshlandi, yaxshi qabul qilmoqdalar. Ahvollari ancha yaxshi, ancha tetik bo‘lib qoldilar. Xudo xohlasa muxlislarining, ko‘pchilikning duosi bilan yanada yaxshi bo‘lib ketadilar degan umiddamiz.

Aziz Rametov, aktyor, rejissor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют