» » Qandli diabetdan himoyalanish uchun amal qilinishi kerak bo‘lgan tavsiyalar

Qandli diabetdan himoyalanish uchun amal qilinishi kerak bo‘lgan tavsiyalar


Sizda qandli diabetga nasliy moyillik bo‘lsa yoki kam harakatlilik kuzatiladigan bo‘lsa “Domashniy Ochag” to‘xtalib o‘tgan tavsiyalarga amal qilish tavsiya qilinadi.

Donli mahsulotlar

Diabetologia jurnalida yozilishicha, nonushtaga suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa yoki kuniga boshqa donli mahsulotdan 10 gr iste’mol qilish qandli diabetga chalinish xavfini 25 foizga kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Grek yong‘og‘i

Tadqiqotchilarning ta’kidlashiga qaraganda, uch oy davomida har kuni grek yong‘og‘i iste’mol qilgan insonlar tomirlarining ahvali yaxshilanib, “yomon” xolesterin miqdori kamayadi. Ushbu ko‘rsatkichlar nafaqat qon-tomir kasalliklarining oldi olinishi, balki ikkinchi turdagi qandli diabetga chalinish xavfi kamayishini bildiradi

Banan, kartoshka va pomidor

Ushbu mahsulotlarning barchasi, organizmda yetishmasligi yurak va buyrak kasalliklari va ikkinchi turdagi qandli diabetga olib keladigan kaliyga boy hisoblanadi. Biroq, bir narsani yodda tutish kerak, kaliyni me’yoridan ortig‘i ham yetishmagani singari salomatlikda muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Ratsionni turli-tuman mahsulotlar bilan boyitishdan qochish

Tafts universiteti va Texas universiteti fan va tibbiyot markazi tadqiqotchilari, ratsionida turli-tuman mahsulot va taomlar bo‘lgan insonlarda moddalar almashinuvi sekin bo‘lishi va semirishga moyillik yuqori ekanligi bu esa qandli diabetni keltirib chiqarishi mumkinligini aniqlangan. Ratsionda turli-tumanlikka emas, mahsulotlarning foydali ekani va sog‘lom ovqatlanishga amal qilish muhim sanaladi.

Yogurt

Garvard universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, har kuni bir portsiya yogurt iste’mol qilish ikkinchi turdagi qandli diabetga chalinish xavfini 18 foizga kamaytiradi. Nordon sut mahsulotlari xususan yogurt tarkibidagi probiotiklar insulin ishlab chiqarilishini yaxshilaydi va yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi. Ammo tabiiy, shakar va boshqa qo‘shimchalar qo‘shilmagan yogurtlargina haqiqiy foydali bo‘ladi.

Kuniga ikki-uch marta ovqatlanish

Chexiyalik olimlarning ta’kidlashiga qaraganda, qandli diabetning profilaktikasi uchun kuniga bir necha marta ovqatlanish, bir yoki ikki martalik tanavvuldan ko‘ra kam samara beradi. Kuniga ikki mahal ovqatlangan tadqiqot ishtirokchilari o‘zlarini yaxshi his qilgan, tez vazn tashlagan va qondagi qand miqdori kam bo‘lgan.

Ovqatdan keyin non yeyish

Diabetes Care’da e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, nonni ovqat so‘ngida yeyish, rafinadlanmagan uglevodlarni shakarga aylanishini sekinlashtiradi va glyukoza miqdorini nazorat qiladi.

Mevalar

Haftasiga ikki marta chernika, olma yoki uzum yeyish ikkinchi turdagi qandli diabet bilan kasallanish xavfini 25 foizga kamaytiradi. Ammo mevalarni butunligicha yeyish kerak bo‘ladi. Smuzi yoki meva sharbati teskari tasir ko‘rsatishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 47) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют