» » O‘zbekistonda qandli diabet kasalligi profilaktikasi bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinadi

O‘zbekistonda qandli diabet kasalligi profilaktikasi bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinadi


O‘zbekistonda 2019-yilda qandli diabet kasalligi profilaktikasi bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinadi. Bu haqda Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan “Ayollar o‘rtasida qandli diabet profilaktikasi” seminarida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Turon 24.

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, “Umid” xayriya jamoat birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda tibbiyot fanlari nomzodi, “Umid” xayriya jamoat birlashmasi raisi Nilufar Ibrohimova ishtirokchilarga kasallikning kelib chiqish omillari haqida tushunchalar berdi.

“40 yoshdan oshgan har bir inson yilda bir marotaba kasallikdan saqlanish maqsadida qon tahlilini topshirishi lozim, – dedi birlashma raisi. – Bemorlikni erta aniqlash umrni uzaytirishga ko‘mak beradi. Ertalab nonushta qilmaydigan insonlar qandli diabetga moyil bo‘ladi”.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘rtasida “Diabetga chalinmaganingizni tekshiring” so‘rovnoma-testi o‘tkazildi. Ushbu test savollari kasallikni aniqlashda sinovdan o‘tgan usul hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют