» » O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi” qachon topshirilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi” qachon topshirilishi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga 2020-yilgi “Prezident sovg‘asi” 14-sentabr kuni topshiriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligiga tayanib O‘zA ma’lum qildi.

Maxsus komissiya qaroriga binoan, pandemiya sharoitini hisobga olib maktablarda yangi o‘quv yilining birinchi kuni 14-sentabr etib belgilandi. Xabarda aytilishicha, maktablarda ayni shu kuni 650 mingga yaqin o‘quvchiga “Prezident sovg‘asi” topshirilishi rejalashtirilgan.

1-sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibidan 12 turdagi o‘quv qurollari, jumladan portfel, daftarlar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim va o‘chirg‘ich o‘rin olgan.

Shuningdek, qayd etilishicha, “Prezident sovg‘asi” o‘qishning an’anaviy yoki masofaviy shaklini tanlaganidan qat’i nazar, barcha o‘quvchilarga beriladi. Bunda “Prezident sovg‘asi” masofaviy o‘qishni tanlagan 1-sinf o‘quvchilarining ota-onalariga topshiriladi.

O‘zbekistonda 7-sentabr kuni 6 oy deganda 329 ta maktab o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Xususan, Namangandagi 12 ta maktabda tajriba tariqasidagi ilk darslar boshlandi. Yangi 2020/2021-o‘quv yili rasman 14-sentabrdan boshlanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют