» » YouTube portalida eng ko‘p obunachiga ega futbol klublari reytingi e’lon qilindi (foto)

YouTube portalida eng ko‘p obunachiga ega futbol klublari reytingi e’lon qilindi (foto)


“Barselona” matbuot xizmati YouTube portalidagi obunachilar soni bo‘yicha futbol klublari reytingini e’lon qildi.

Videoxostingda katalon klubi obunachilari soni 10 millionga yetdi. Bu futbol olamidagi eng rekord natija hisoblanadi. Ikkinchi o‘rindan “Real” (5,93 million obunachi) o‘rin olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Braziliyaning “Flamengo” jamoasi yakunlab bergan (5,55 mln).

Sport olamida esa faqat NBA rasmiy kanali “Barselona”dan ko‘proq obunachiga ega. AQSh basketbol ligasi kanalini 14,8 million obunachi kuzatib boradi.

Yaqin orada YouTube 10 millionlik dovonni zabt etgan katalonlarga Diamond Creator Award nishonini topshiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Barselona”ning eng ko‘p obunachilari AQSh, Ispaniya, Braziliya, Indoneziya va Meksikaga to‘g‘ri keladi.

YouTube portalida eng ko‘p obunachiga ega futbol klublari o‘nligi:

1. “Barselona” — 10 million obunachi

2. “Real” — 5,93 mln

3. “Flamengo” — 5,55 mln

4. “Liverpul” — 4,98 mln

5. “Manchester Yunayted” — 3,21 mln

6. “Yuventus” — 2,88 mln

7. “Manchester Siti” — 2,72 mln

8. PSJ — 2,56 mln

9. “Chelsi” — 2,1 mln

10. “Arsenal” — 1,96 mln

Qayd etish joiz, o‘n yil avval “Barselona”ning obunachilari soni 100 mingdan kam edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют