» » Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) 21-sentabr, dushanba kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik bokschiga belaruslik Dmitriy Milyusha (9-3-1, 4 KO) raqiblik qiladi. Jang 21-sentabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shohjahon so‘nggi jangini 2020-yilning yanvarida o‘tkazib, unda meksikalik Adrian Estrellani (29-5, 24 KO) birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev hozirga qadar prof boksdagi barcha 18 ta jangida g‘alaba qozongan. 16 ta jangda raqiblarini nokaut evaziga taslim qilgan.

Milyusha esa 13 ta jang o‘tkazib, ularning to‘qqiztasida g‘alaba qozongan (4 ta nokaut), uch bor mag‘lubiyatga uchragan va bir marta durang qayd etgan.

Shohjahon Ergashev ishtirokidagi barcha janglarni tomosha qiling (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 19:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют