» » Shohjahon Ergashev meksikalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Shohjahon Ergashev meksikalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) Toshkent vaqti bilan 18-yanvar, shanba kuni navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Shohjahonga ushbu jangda meksikalik 29 yoshli bokschi Adrian Estrella (29-5, 24 KO) raqiblik qildi. Jang 1-raundayoq nihoyasiga yetdi. Ergashevning tana qismiga berilgan kuchli zarbalaridan so‘ng meksikalik bokschi nokaut holatiga tushdi. Shu tariqa Shohjahon navbatdagi g‘alabasini ham nokaut orqali qo‘lga kiritdi.

Nokaut videosini @Daryo_sport va @UFCBOXUZ kanallarida tomosha qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev hozirga qadar prof boksdagi barcha 18 ta jangida g‘alaba qozongan. 16 ta jangda raqiblarini nokaut evaziga taslim qilgan.

Meksikalik Estrella esa bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda prof ringda 34 ta jang o‘tkazib, ularning 29 tasida g‘olib chiqqan. 24 ta jangida raqiblarini nokautga uchratgan. 5 ta jangda (3 tasi nokaut) esa mag‘lub bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют