» » Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi

Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida raqibini 3-raunddayoq nokautga uchratdi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) professional boksdagi o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

9-iyun kuni Rossiya mezbonligida o‘tgan jang oqshomida Shohjahon Ergashev professional boksdagi 17-jangida rossiyalik Maksim Churbanovga (13 ta jang, 8 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) qarshi jang qildi. Shohjahon raqibini uchinchi raunddayoq nokautga uchratib, jangni muddatidan avval o‘z foydasiga hal etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik yana bir bokschi Isroil Madrimov professional boksdagi uchinchi jangida nokaut evaziga g‘alaba qozongani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют