» » Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi


Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Farhod Gafarov sog‘lig‘i taqozosi sababli o‘z xohishiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Zafar Rasulov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Rasulov shu kunga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

41 yoshli Zafar Rasulov 2003-yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan. U Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. SSV xabarida boshqarmaning sobiq rahbari Farhod Gafarovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq qanday muammolari borligi haqida axborot berilmagan.

Navoiy viloyatida 2020-yil 9-sentabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 512 kishini tashkil qiladi. 498 nafar bemor kasallikdan tuzalgan. SSV statistikasiga ko‘ra, 6 nafar odam infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. Vazirlik shu vaqtga qadar DXA Navoiy viloyati boshqarmasi xodimi Adhamjon Dehqonovning 2020-yilning iyul oyida koronavirus asoratlari oqibatida vafot etganini “tan olmay” kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 01:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют