» » Yaponiyada samolyot niqob taqmagan yo‘lovchi sabab favqulodda qo‘ndirildi

Yaponiyada samolyot niqob taqmagan yo‘lovchi sabab favqulodda qo‘ndirildi


Yaponiyada mahalliy Peach Aviation aviakompaniyasiga tegishli samolyot tibbiy niqob taqishdan bosh tortgan yo‘lovchi sabab favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar beradi NHK telekompaniyasi.

Bortida 124 yo‘lovchi bo‘lgan havo kemasi Xokkaydo provinsiyasi shimolidagi Kusiro aeroportidan mamlakat g‘arbidagi Kansay aeroportiga uchayotgan bo‘lgan. Parvozdan so‘ng samolyot ekipaji yo‘lovchilar orasida niqob taqmagan erkakni payqab qolgan.

Kompaniya xodimlari qoidabuzardan xavfsizlik choralariga rioya qilishni so‘ragan, biroq u bunga rozi bo‘lmagan. Bundan tashqari, yo‘lovchi u bilan yonma-yon o‘tirishni istamagan boshqa yo‘lovchilarga baqirib, ekipaj a’zolari nomiga ogohlantirish xati yuborish bilan tahdid qilgan.

Shundan so‘ng ekipaj kapitani samolyotni Yapon dengizi qirg‘og‘idagi Niigata aeroportiga qo‘ndirishga qaror qilgan. Mamlakat Transport vazirligining ta’kidlashicha, bu niqob bilan bog‘liq muammo sabab yuzaga kelgan birinchi rejasiz qo‘nish hisoblanadi.

Favqulodda qo‘nish amalga oshirilganidan so‘ng, yo‘lovchilar belgilangan manziliga yetkazilgan. Ular Kansayga bir sutkadan ko‘proq kechikib kelgan.

Avvalroq American Airlines niqob taqishdan bosh tortgan yo‘lovchiga ushbu aviakompaniya reysida uchishni taqiqlab qo‘ygan edi.

Mavzuga doir: Yirik aviakompaniyalar yo‘lovchilarning klapanli niqobda parvoz qilishini taqiqlamoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют