» » Angliyalik bloger qiz Instagram’dagi mukammal tashqi ko‘rinish qanday yaratilishini fosh qildi (video)

Angliyalik bloger qiz Instagram’dagi mukammal tashqi ko‘rinish qanday yaratilishini fosh qildi (video)


Taniqli ingliz teleboshlovchisi Jeremi Klarksonning qizi ijtimoiy tarmoqlardagi mukammal tashqi ko‘rinish aslida nimadan iborat ekanini o‘z suratlari misolida fosh qildi.

Klarkson Instagram sahifasiga filtr foydalanilgan foto keyin esa hech qanday retushsiz fotolari ketma-ketligidan iborat videoni joylagan. Bu orqali qiz ijtimoiy tarmoqlardagi effekt odamlar tashqi qiyofasini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirishini isbotlamoqchi bo‘lgan.

Terini tiniq, yuz shaklini xushbichim va ko‘z rangini ochroq qilib ko‘rsatgan filtrlarni Klarkson, shunchaki bir qarashda payqab bo‘lmaydigan o‘zgarish emas deb atagan.

Ushbu posti orqali qiz internet foydalanuvchilarining e’lon qilingan suratlariga har doim ham ishonavermaslik, qiyofasini boshqalar bilan solishtirish hamda erishib bo‘lmaydigan go‘zallik idealiga intilishni bas qilishga chorlagan.

“Biz o‘zimizni yo‘q bo‘lgan odamlar bilan solishtiramiz. Meni o‘zgartirilgan suratimga qarab o‘zimni zo‘rg‘a tanidim. Bu men emas, mening qaysidir Gollivud ilovasidagi boshqa bir versiyam”, — deb yozgan Klarkson.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют