» » Qodirovning Instagram’da eng ommabop bo‘lgan va biz endi qaytib ko‘rmaydigan suratlari (foto)

Qodirovning Instagram’da eng ommabop bo‘lgan va biz endi qaytib ko‘rmaydigan suratlari (foto)


Rossiyalik Instagram foydalanuvchilari Ramzan Qodirovning akkaunti kutilmaganda bloklab qo‘yilganidan xafa bo‘ldi, deb yozadi “MK.ru”. Axir Checheniston rahbari ijtimoiy tarmoqqa uning jonivorlarga bo‘lgan mehrini, yumor hissini ko‘rsatib beruvchi fotosuratlarni tez-tez joylab turardi, shuningdek, Instagram orqali o‘zining eng shov-shuvli bayonotlarini berardi.

Nashr Qodirovning Instagram’da eng ko‘p “layk” to‘plagan va biz endi qaytib ko‘rmaydigan suratlari bilan bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, 20-dekabr, chorshanba kuni AQSh rasmiylari inson huquqlari poymol etilishiga aloqador shaxslar o‘rin oladigan “Magnitskiy ro‘yxati”ga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni kiritgach, 23-dekabrga o‘tar kechasi uning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi ishlashdan to‘xtadi.

Instagram’dagi akkaunti o‘chirib tashlangach, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshqa ijtimoiy tarmoq — Mylistory’ga o‘tganini e’lon qildi.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 08:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют