» » Checheniston parlamenti deputatlari Instagram’ni tark etdi

Checheniston parlamenti deputatlari Instagram’ni tark etdi


Checheniston respublikasi parlamenti deputatlari Instagram ijtimoiy tarmog‘ini tark etishga qaror qildi. Bu haqda qonun chiqaruvchi organ matbuot xizmati xabar berdi.

“Deputatlar korpusi Ramzan Qodirovning sahifasi blokdan chiqarilmagunicha, o‘z akkauntini yopishini e’lon qilgan Checheniston parlamenti raisi Magomed Daudovni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 20-dekabr, chorshanba kuni AQSh rasmiylari inson huquqlari poymol etilishiga aloqador shaxslar o‘rin oladigan “Magnitskiy ro‘yxati”ga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni kiritgach, 23-dekabrga o‘tar kechasi uning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi ishlashdan to‘xtadi.

Instagram’dagi akkaunti o‘chirib tashlangach, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshqa ijtimoiy tarmoq — Mylistory’ga o‘tganini e’lon qildi.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют