» » Ramzan Qodirov o‘zida Qorboboga o‘xshash jihatlarni topdi

Ramzan Qodirov o‘zida Qorboboga o‘xshash jihatlarni topdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Qorbobo uni Buyuk Ustyugdagi qarorgohiga taklif qilgan. Siyosatchi u yerga borishga hozirlandi va javob tariqasida Qorboboni Chechenistonga chaqirdi, deb yozmoqda TJournal.

Ramzan Qodirov o‘zining Qorbobo bilan o‘xshashliklarini aniqlagan.

Bolaligimdan Qorbobonikida mehmon bo‘lishni orzu qilganman. Biroq hayot shunday tus oldiki, men o‘z xohishimni amalga oshira olmadim. Hozir katta bo‘ldim va mening ham qarorgohim bor. Yangi yilda esa kattalar va bolalarga sovg‘a berish uchun Qorbobo vazifasini o‘zim bajaraman.

Ramzan Qodirov, Checheniston rahbari

Bungacha esa “rus Qorbobo”ning matbuot xizmati uning bayonotini tarqatgan. Unda aytilishicha, Qorbobo Qodirovning rossiyaliklarga qarata aytilgan Yangi yilni vatanda nishonlash haqidagi chaqiruvlarini qo‘llab-quvvatlaydi va Checheniston rahbarini Buyuk Ustyugga taklif qiladi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 05:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 122) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют