» » Ramzan Qodirov Buxoroda Naqshband qabrini ziyorat qildi, Mir Arab madrasasida bo‘ldi

Ramzan Qodirov Buxoroda Naqshband qabrini ziyorat qildi, Mir Arab madrasasida bo‘ldi


O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari 17-oktabr kuni Buxoroda ham bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xorijlik mehmonlarning safari Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi ziyoratidan boshlandi. “Ulug‘ pir qabri yonida Qur’on tilovat qilindi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Shuningdek, mehmonlar Buxoro shahridagi qariyb 500 yillik tarixga ega Mir Arab madrasasiga tashrif buyurdi. Bu yerda 72 yildan buyon o‘rta maxsus islom bilim yurti faoliyat ko‘rsatmoqda.

“Azon.uz”ning yozishicha, bu madrasada o‘z vaqtida Ramzan Qodirovning otasi — Ahmad Qodirov tahsil olgan.

Shuning bilan Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi

Ramzan Qodirov 16-oktabr kuni Toshkentga kelgan edi. U shu kuni, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan edi. 17-oktabr kuni Ramzan Qodirov Samarqandga tashrif buyurib, Birinchi Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Mavzuga doir: Ramzan Qodirov Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют