» » Ramzan Qodirov musulmon roxinjalar masalasida Kreml yondashuviga qarshi ekanligini bildirdi

Ramzan Qodirov musulmon roxinjalar masalasida Kreml yondashuviga qarshi ekanligini bildirdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya chog‘ida Myanmada roxinja musulmonlarining ommaviy o‘ldirilishiga izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” ma’lum qildi. 

“Agar Rossiya jinoyatlarni sodir etayotgan bu shaytonlarni qo‘llab-quvvatlasa, men Rossiyaning nuqtai nazariga qarshiman. Chunki bu masalada o‘zimning qarashim, yondashuvim bor”, — ta’kidladi Qodirov. 

Shu bilan birga, Checheniston rahbari hech kim “qotillar va zo‘ravonlar”ni qo‘llab-quvvatlamasligiga ishonch bildi. 

Oldinroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Myanmaning Moskvadagi elchixonasi oldidagi miting haqidagi xabarlar Kremlda tashvish uyg‘otishini bildirgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-09-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют