» » Oshqozon yarasi kasalligidan darak beruvchi 8 simptom

Oshqozon yarasi kasalligidan darak beruvchi 8 simptom


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Yer yuzidagi 15 foiz inson oshqozon yarasi kasalligidan aziyat chekadi. Oshqozonni ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan mazkur kasallik simptomlariga befarq bo‘lmaslik va shifokor ko‘rsatmalariga amal qilish muhim. “Domashniy ochag” jurnali gastrit rivojlanayotganidan dalolat beruvchi alomatlarga to‘xtalib o‘tadi.

Qorinning yuqori qismidagi og‘riq

Agar sizda shunday og‘riq kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga borishni ortga surmaslik hamda og‘riq qoldiradigan dori ichishga shoshmaslik kerak. Aksar hollarda qorinning bu sohasidagi og‘riq jiddiy kasallikdan signal bo‘lib, tezroq davolanishni talab qiladi. Qorinning yuqori qismidagi kuchli og‘riq oshqozon yarasi xurujidan darak berishi mumkin. Agar og‘riq kuchli bo‘lmasa va asosan ovqatdan avval kuzatilsa, unda yara endi paydo bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Har ikki holatda ham shifokorga murojaat qilish kerak.

Ko‘ngil aynishi

Oshqozonda qandaydir muammo borligidan darak beruvchi yana bir simptomlaridan biri vaqti-vaqti bilan ko‘ngil aynishi hisoblanadi. Agar ko‘ngil aynishi ovqat tanovulidan keyin kuzatilsa, oshqozonda yara rivojlanayotgani ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Qayt qilish

Ovqatdan zaharlanish bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan ko‘ngil aynishi va qayt qilish xavfli simptomlardan biri sanaladi. Agar qon aralash qayt qilinsa, unda zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qilish kerak.

“Qora stul” simptomi

“Qora stul” simptomi, ya’ni najasda qon borligi oshqozon yarasi rivojlanayotganligi yoki boshqa kasallik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Aniq tashxis uchun shifokor qabulida bo‘lish kerak. Lekin mazkur simptom bilan birga qorinning yuqori sohasida og‘riq va ko‘ngil aynishi kuzatilsa, unda oshqozonda yara borligi ehtimoli yuqori.

Jig‘ildon qaynashi

Jig‘ildon qaynashining tez-tez kuzatilishi shifokor qabuliga yozilish uchun sabab bo‘la oladi. Siz bee’tibor bo‘lgan mazkur alomat juda ham jiddiy kasalliklar — yurak xuruji yoki oshqozon yarasidan darak bo‘lishi mumkin.

Qorin shishishi

Qorinning shishishi turli sabablar bilan bog‘liq bo‘ladi. Lekin bu vaqtda og‘riq va ko‘ngil aynishi kuzatilsa, gastroenterologga murojaat qilish kerak.

Vazn tashlash

Oshqozon yarasi bilan bog‘liq eng kam, ammo ayrim bemorlarda kuzatiladigan simptom vazn tashlash hisoblanadi. Ovqat iste’mol qilish bilan bog‘liq kuzatiladigan muammolar sabab ko‘p bemorlar ovqatlanmay qo‘yadi va ishtahasi yomonlashganini payqaydi. Bu esa vazn tashlashga olib keladi.

Beldagi og‘riq

Yara oshqozon yoki ichaklarda bo‘lishiga qaramay, bemorlar bel sohasida ham og‘riq sezadi. Mazkur og‘riq sabab tashxis qo‘yish murakkablik keltirib chiqarishi mumkin. Lekin og‘riq bilan birga yuqorida sanalgan simptomlar ham kuzatilsa, shifokorga borishni kechiktirmaslik lozim.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют