» » Siz e’tibor bermagan, yurak yetishmovchiligidan dalolat beradigan 6 simptom

Siz e’tibor bermagan, yurak yetishmovchiligidan dalolat beradigan 6 simptom


Yurak kasalliklari erta o‘limga olib keluvchi xastaliklar orasida yetakchilik qiladi. Shu bois yurak salomatligi yomonlashganidan darak beruvchi ilk simptomlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish va zarur chora-tadbirlarni ko‘rish muhim.

Nafas qisishi

Yurak yetishmovchiligida ichki organlar qon bilan yetarli miqdorda ta’minlana olmaydi bu esa ularning faoliyatida qiyinchilik keltirib chiqaradi. Birinchilardan bo‘lib o‘pkada o‘zgarish seziladi va odam oddiy harakat vaqtida ham nafas olishga qiynaladi. Agar sizda nafas qisishi kuzatiladigan bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling.

Shishlar

Yurak yetishmovchiligi buyrak faoliyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Buyraklar suyuqlik va tuzni utilizatsiya qilishga qiynalishi oqibatida organizmda ko‘p hollarda oyoq va to‘piqda shishlar kuzatiladi. Avval qulay bo‘lgan poyabzal oyoqni qisishi, paypoq yechilganidan keyin izi qolishi kuzatilayotgan bo‘lsa, kardiolog qabuliga yozilishni unutmang.

Yo‘tal va o‘pkaning xirillashi

Yotgan holda ayniqsa yo‘talish holati kuzatilayotgan bo‘lsa, unda sizda shifokorga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bor. Gap shundaki, yurak yetishmovchiligida ba’zi hollarda o‘pkaga suyuqlik yig‘ilib, o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan shish bilan bog‘liq bo‘lish ehtimoli yo‘q emas.

Charchoq

Zinadan tushib-chiqishdan keyin bosh aylanishi, yengil uy yumushlari bajarilganidan keyin charchoq his qilish kabi simptomlar kuzatilsa, hammasini yosh o‘?tishi yoki zo‘riqish bilan bog‘lamang. Salomatligida muammo borligi sabab a’zolarni faoliyat uchun muhim bo‘?lgan qon bilan ta’minlab bera olmagan yurak, yetishmovchilikni mushaklar evaziga qoplashga uringani sabab kishida holsizlik va charchoq seziladi. Kundalik yumushlar sizni charchatib qo‘yayotganini his qilsangiz befarq bo‘lmang, mutaxassis bilan maslahatlashing.

Hazm bilan bog‘liq muammolar

Ishtaha yo‘qolishi, qayd qilish, oshqozon buzilishi — hazm qilish organlarining yetarlicha qon bilan ta’minlana olmayotganidan darak bo‘lishi mumkin. Bu esa yurak yetishmovchiligining belgilaridan biri hisoblanadi.

Puls tezlashishi

Puls tezligi, yurak qon-tomir salomatligi uchun muntazam nazorat qilinishi kerak bo‘lgan eng asosiy uch parametrdan biri hisoblanadi. Pulsning doimiy ravishda tez bo‘lishi yurakning zo‘riqishi va uning yordamga muhtojligidan dalolat beradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют