» » Allergiyasi bor bemorlar koronavirus yuqtirmaganligini aniqlashda nimalarga e’tibor qilishi lozimligi aytildi

Allergiyasi bor bemorlar koronavirus yuqtirmaganligini aniqlashda nimalarga e’tibor qilishi lozimligi aytildi


Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova allergiyasi bor bemorlar qaysi holatda shifokorga murojaat qilishi lozimligini aytib o‘tdi.

Tomog‘ida allergiya va allergik yo‘talga ega bemorlar yo‘taldan tashqari tana harorati ko‘tarilishi, mushaklarda og‘riq, nafas qisishi, ta’m va hid bilishning yo‘qolishi kabi alomatlarni sezgan taqdirda koronavirusga gumon qilinishi bildirildi.

“Allergik yo‘tal uzoqroq davom etadi va mavsumiy bo‘ladi. Agar yo‘talingiz yuqoridagi belgilar bilan keladigan bo‘lsa, hududiy poliklinikaga murojaat qiling. Chunki allergiya fonida keladigan koronavirus kasalligi nafas siqishi kabi alomatlarga olib kelishi mumkin”, — deydi Abdusamatova.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, nafas siqishi havo yetishmasligini his qilish, nafas olish tezligi, xotirjamlikda daqiqasiga 22 ta nafas olish belgilariga ega.

Nafas chastotasini xotirjam holatda o‘lchash uchun quyidagilarni bajarish zarur:

Agar ko‘rsatkichlar 22 tadan ko‘p bo‘lsa shifokorga murojaat qiling, bu nafas olishda muammo borligini ko‘rsatadi.

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют