» » Koronavirusdan uy sharoitida davolanayotgan bemorlar parvarishida ahamiyat beriladigan jihatlar haqida ma’lumot berildi

Koronavirusdan uy sharoitida davolanayotgan bemorlar parvarishida ahamiyat beriladigan jihatlar haqida ma’lumot berildi


Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova uyda davolanayotgan bemorlar parvarishida ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtaldi.

Mutaxassis tomonidan uy sharoitida koronavirusdan davolanayotgan bemorlar parvarishida o‘z-o‘zini nazorat qilish tizimini qo‘llashni tavsiya etildi. Bunda bemorlarning muayyan salomatlik ko‘rsatkichlari ularga qarovchi shaxslar tomonidan nazoratga olinadi.

Yurak urish tezligi (me’yorda 70 dan 90 tagacha bo‘lishi. Tana harorati oshganda zarb tezlashib ketishi mumkin).

Nafas olish tezligi. (Katta yoshli odamlarda daqiqasiga 16 tadan 20 tagacha me’yoriy tezlik). Agar u 30 tadan yuqori bo‘lsa, tinch holatda hansirash paydo bo‘lsa, harorat 38,5 darajadan yuqori bo‘lsa, qaytalasa, yo‘tal paydo bo‘lsa yoki kuchaysa, darhol tez yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish lozimligi bildirildi.

Ayni holatlarning o‘zi bemorning shifoxonaga yotqizilishiga ko‘rsatma bo‘lishi aytildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda fuqarolarning COVID-19 haqidagi savollariga javob beradigan Call-markazlar faoliyat boshladi

Ayni jarayonlargacha bo‘lgan barcha holatlar ambulator, ya’ni uy sharoitida davolanadi.

Mutaxassis fikricha, bemorlarning uyda jismoniy faollik bilan shug‘ullanishi, jumladan, ertalab o‘rin oldida yengil jismoniy harakatlar qilish, xonaning o‘zida piyoda yurish mashqlarini bajarishi muhim. Har bitta harakat organizmda qon aylanishining yaxshilanishi, o‘pkaga keladigan kislorod miqdorining oshishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, nafas olish mashqlarining ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bemorlar har 2-3 soatda ko‘krak qafasi, qorin mushaklari, yelka mushaklarini harakatga keltiradigan tarzda to‘liq nafas olishi va iloji boricha, salomatlik holatidan kelib chiqqan holda 1 daqiqagacha saqlab turib, so‘ngra sekin-astalik bilan chiqarishi lozim bo‘ladi. Mashqni bemorlar umumiy ahvoliga qarab 5-10 martadan takrorlashi mumkin. Ayni xatti-harakatlar kislorodning maksimal miqdorda organizmga kirishi, o‘pkadagi alveolalarni kislorodga to‘yinishi, o‘pkada qon aylanishi tizimi yaxshilanishi hisobiga pnevmoniyaning oldini olishga yordam berishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etilgan, 5-iyuldan boshlab koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют