» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi uy sharoitida davolanganda yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni sanab o‘tdi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi uy sharoitida davolanganda yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni sanab o‘tdi


Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova uyda davolanganda aholi tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xatolarga to‘xtalib o‘tdi.

Dastlab mutaxassis bugungi kunda koronavirusga chalinib, nafas olishda muammoga duch kelganda uy sharoitida kislorod ballonlaridan foydalanish masalasini izohladi.

“Tibbiyot xodimlari uy sharoitida bunday kislorod ballonlarini ishlatishni tavsiya etmaymiz. Chunki ulardan foydalanganda texnika xavfsizligiga rioya etmaslik oqibatida nafaqat insonning o‘ziga zarar yetkazish, balki yong‘in chiqishiga ham sababchi bo‘lib qolish mumkin”.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda virusga qarshi dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilmaslik tavsiya etildi

Kasallik uyda davolanganda bilib-bilmay foydalanilgan dori vositalari oqibatida juda ko‘p aholida zotiljam kasalliklari kuzatilayotgani qo‘shimcha qilindi. Tez yordam xizmatidagi murojaatlar tahliliga asosan, aksariyat odamlar ijtimoiy tarmoqlardan olgan, tanish hamshira yoki shifokori tavsiya qilgan, qo‘shnisi yaxshi bo‘lgani uchun aynan bir xil preparatlarni qabul qilgani natijasida ahvoli og‘irlashgan.

Shuningdek, mutaxassis venaga tomchilatib qilingan ukollar (kapelnitsalar) qilish muolajalari natijasida nafaqat o‘pkada zotiljam, balki suyuqlikning birdaniga ko‘p miqdorda yuborilishi oqibatida o‘pka shishishi holatlari ham ko‘p kuzatilayotganini qayd etdi. Antibiotik va virusga qarshi preparatlarni bilib-bilmasdan qabul qilish orqali organizmga befoyda ta’sirini qo‘zg‘ash, asoratlariga uchrab qolish xavfini yuzaga keltirishi yana bir bor ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 5-iyuldan boshlab koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkinligi, shifoxonalar va uyda davolanayotgan kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlar 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarilishi, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan mobil guruhlar tashkil etilishi xabar qilingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют