O‘zbekistonda virusga qarshi dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilmaslik tavsiya etildi
Koronavirus profilaktikasida Ergoferon va shunga o‘xshash dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish maqsadga muvofiq emas. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda gapirib o‘tdi.
Uy sharoitida koronavirus kasalligini davolash bevosita hududiy poliklinikalar va shifokorlar nazorati ostida amalga oshirilishi, biror bir davolash chorasini tibbiyot xodimlarining maslahatisiz qilish kerak emasligi ta’kidlandi. Tibbiyot xodimlari bemorning ahvoli, kasallik kechishi, yondosh kasalliklar mavjudligidan kelib chiqib tegishli tavsiyalar beradi.
Mavzuga doir: “Koyka-o‘rinlar va dori-darmon zaxiralarimiz yetarli” — Habibulla Oqilov
“Ayni paytda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan uyda davolanish bo‘yicha tartib ishlab chiqilgan, unga muvofiq “Azitromitsin”, “Plakvenil”, “Lopiavir/Ritonavir”, “Remdesivir”, “Umifenovir”, “Favipiravir” kabi dorilar tavsiya etilyapti. Bu dorilarning barchasi profilaktika, kasallikning yuqishini oldini olish maqsadida ishlatish mumkinligi aytilyapti. Lekin har qanday holatda ham aholi ushbu dorilarni mustaqil emas, balki tibbiyot xodimlarining tavsiyasiga asosan olib qabul qilish maslahat beriladi”, — deydi Otabekov.
Aholi o‘z immun tizimini barqaror ushlab turish uchun bo‘lgan imkoniyatlarini ishga solishi eng asosiy qiladigan ish sifatida tavsiya etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda koronavirusning alomatsiz shakli bilan kasallanganlarni uy sharoitida davolash tartibi belgilangan, Sog‘liqni saqlash vazirligi uy sharoitida koronavirusning alomatsiz shakli bilan tibbiy kuzatuv va davolashga olingan bemorlar uchun eslatma bilan chiqqan, koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ham koronavirusni uy sharoitida davolash shartlari, ichilishi mumkin bo‘lgan dori turlarini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
