» » Yangi tashkil etilgan sanitariya idoralariga rahbarlar tayinlandi

Yangi tashkil etilgan sanitariya idoralariga rahbarlar tayinlandi


Prezident farmoniga ko‘ra tashkil etilgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida esa Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Nurmat Otabekov Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i — O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya inspektori, Bahrom Almatov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori — O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi etib tayinlanganligi bildirildi.

Nurmat Otabekov bugungi kungacha Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori, Bahrom Almatov esa respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 136) ( 0) ( 135) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют