» » O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tashkil etildi

O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasida sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot”.

Farmonga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tashkilotlari va ularning hududiy bo‘linmalari negizida quyidagilar tashkil etildi:

Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalaridan biri sanitariya-epidemiologiya nazorati sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni ta’minlashdan iborat.

Yangi tashkil etilayotgan agentlik esa, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatini olib boradi.

Farmonga ko‘ra, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i bir vaqtning o‘zida Bosh davlat sanitariya inspektori, agentlik direktori esa bir vaqtning o‘zida bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi.

Shuningdek, Davlat inspeksiyasi va agentlik huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan budjetdan tashqari moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalari tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют