» » Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi koronavirus vaksinasi haqidagi masalaga aniqlik kiritdi

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi koronavirus vaksinasi haqidagi masalaga aniqlik kiritdi


AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtab a’zosi Barno Odilova O‘zbekistonda koronavirus vaksinasi qachon sotuvga chiqishi borasidagi savolga aniqlik kiritib o‘tdi.

Mavzuga doir: Isroillik olimlar O‘zbekistonda koronavirusga qarshi dorining klinik sinovlarini o‘tkazmoqchi

Aholidan kelib tushgan “Internet tarmoqlarida avgust oyi o‘rtalarida vaksina sotuvga chiqishi haqida xabarlar tarqaldi. Shu xabarlar haqiqatga qanchalik yaqin?”, — degan savolga mutaxassis quyidagicha javob bergan:

“Hammamiz ko‘rib turibmiz, ijtimoiy tarmoqlarda ham, berilayotgan ma’lumotlarda ham butun jahon olimlari aynan mana shu kasallikka qarshi kurashish uchun yagona bo‘lgan dori, ya’ni vaksinani ishlab chiqarish bilan mashg‘ullar. Ko‘rib turibmiz, mana Rossiyada, ko‘plab mamlakatlarda vaksinalar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda ular sinovdan o‘tkazilyapti. Mamlakatimizga vaksinalar kelsa, buning xabarini birinchi bo‘lib beramiz”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va O‘zbekiston koronavirus vaksinasini birgalikda sinovdan o‘tkazish uchun hamkorlik qilishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют